Avstriya prezidenti 12 yillik muddatdan keyin o‘z lavozimini tark etdi

Jahon 00:24 / 09.07.2016 4550

2004 yil 8 yilda Avstriya prezidenti qasamyodini keltirgan Xaynts Fisher 8 iyulda 6 yildan davom etgan ikkita prezidentlik muddatidan keyin rasman o‘z vakolatini topshirdi. Fisher Respublika federal yig‘ilishi oldidagi nutqida mamlakatni Yevropa Ittifoqidan chiqmaslikka va qochqinlarni hurmat qilishga chaqirdi.

77 yoshli Fisher bilan tantanali xayrlashuv marosimi dastlab yangi prezidentning inauguratsiyasi bilan yakunlanishi kerak edi. Biroq Avstriya konstitutsion sudining prezidentlik saylovlarining 22 maydagi ikkinchi bosqichi natijalarini bekror qilish qarori sababli marosimning bu qismini bekor qilishga to‘g‘ri keldi.

Avstriya konstitutsiyasiga ko‘ra bunday vaziyatda davlat rahbari vakolatlari Milliy yig‘ilishning (parlament quyi palatasi) uch raisiga o‘tadi. Ular bu vazifani bamaslahat bajaradilar. Kutilishicha, yangi prezidentning inauguratsiyasi 2 oktabrga belgilangan takroriy saylovlardan keyin noyabrda bo‘lib o‘tishi kerak.

Fisher o‘zining xayrlashuv nutqida Avstriya va Yevropa Ittifoqi manfaatlarini qarama-qarshi qo‘ymaslikka chaqirdi. "Britaniyaliklarning YeIdan chiqish qarori o‘ylanmagan holda bo‘lgan va afsus uyg‘otadi. Boz ustiga Brexit tashabbuschilariga ularning muvaffaqiyatlaridan keyin vaziyat uchun javobgarlik va aniq strategiya yetishmaydi", deb aytdi Fisher.

Fisher nutqini so‘zlab bo‘lgach, davomiy qarsaklar ostida parlamentni sobiq prezident sifatida tark etdi va avtomobilda davlat rahbari shtandartisiz ketdi

Ko‘proq yangiliklar: