AQSh ikki rossiyalik diplomatni o‘z hududidan chiqarib yuborgani ma'lum qilindi

Jahon 06:47 / 09.07.2016 7112

AQSh hukumati 17 iyunda Moskvada amerikalik diplomatga hujum qilinishiga javoban ikki rossiyalik diplomatni o‘z hududidan chiqarib yuborgan. Voqea iyunda sodir bo‘lgandi, deb AQSh Davlat departamentiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

"17 iyunda biz hujumga javoban AQShdan ikki rossiyalik diplomatni chiqarib yubordik" deb ma'lum qildi Davlat departamenti vakili Jon Kirbi va boshqa izohlar berishdan bosh tortdi.

Avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimi iyun oyi boshida Moskva markazidagi AQSh elchixonasiga kirmoqchi bo‘lgan amerikalik diplomatga tajovuz qilgani ma'lum qilingandi. Rossiya tashqi ishlar vazirliginng rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQShlik diplomat Markaziy razvedka boshqarmasi xodimi bo‘lib, uning o‘zi rossiyalik politsiyachiga hujum qilib qolgani aytgan. The Washington Post nashri diplomat haqiqatan ham razvedka xodimi ekanligini tasdiqlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: