Iyun oyida Toshkent shahrining ikkilamchi uy-joy bozoridagi narxlar pasayishda davom etib, may oyi bilan taqqoslaganda o‘rtacha 2 foizga tushgan va turarjoy maydonining bir metr kvadrat 609 sh.b.dan 599 sh.b.gacha tushgan. Bu haqda, uy-joylarni baholash ishlari bilan shug‘ullanuvchi CREDO MAX ESTIMATION firmasining yangi hisobotiga asoslangan holda «Gazeta.uz» xabar qilmoqda.
Unga ko‘ra, panelli xonadonlarning bir kvadrat metri 562 sh.b.ni tashkil etgan. Bu raqam may oyida 574 sh.b.dan iborat bo‘lgandi. Pishgan g‘ishtli uylar narxi esa deyarli o‘zgarmagan— 653 sh.b. (may oyida - 652 sh.b.).
Turarjoylar xonasining soniga ko‘ra, taklif qiymati quyidagicha tus olgan: bir xonali xonadon metr kvadrati— 586 sh.b. (-4 foiz), ikki xonalik — 595 sh.b. (o‘zgarmagan), uch xonali — 596 (-2foiz), to‘rtxonali— 634 (+1 foiz) va ko‘pxonaliklarning bir metr kvadrati — 612 sh.b.likni (+1 foiz) tashkil etgan.
Foto:Google image