Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqiy teatri Ellikqal'ada mehmon bo‘ldi

Jamiyat 23:48 / 08.07.2016 5966

O‘zbekiston mustaqilligining yigirma besh yilligi, “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.

Buning yoqqol misoli sifatida Ellikqal'a tumaniga tashrif buyurgan “Muqimiy” nomidagi O‘zbek davlat musiqiy teatri jamoasi va ularning tashrifi xalqimiz uchun yaxshi kafiyat ulashayotganini anglash qiyin emas. Mehmonlarning tuman ahli uchun tayyorlab kelgan “Jaydari kelin” spektakli zalga yig‘ilganlarni yanada jonli tabassumga chorladi.

Bundan tashqari, el sevgan san'atkorlarning Ellikqal'adagi “Sarabiy” va “Toza bog‘” ovul fuqorolar yig‘inlaridagi uchrashuvi katta-yu kichik uchun birdek manzur bo‘ldi. Chunki bu yerda mehmonlar va mezbonlar ochiq muloqotda bo‘lib, suhbat yakuni madaniy dam olish kechasiga ulanib, san'atkorlarni va ishtirokchilarni birdek raqsga chorladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: