Mercedes markasi Tesla Model S’ga raqobatlasha oladigan elektromobil chiqaradi

Fan-texnika 23:27 / 08.07.2016 5456

Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi o‘zining ilk va EV deb nomlangan elektromobilini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda hamda uni joriy yil sentabr oyida Parijda bo‘lib o‘tadigan avtosalonda namoyish etishni niyat qilgan.

Bu haqda Motoring nashriga markaning Avstraliya bo‘limi vakili Devid Makkarti so‘zlab bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi mashina Tesla Model S bilan raqobatlasha oladi. Chunki ikki avtomobilning ham texnik xarakteristkasi o‘xshash bo‘lib, narxlar ham bir xil (150-200 ming dollar atrofida).

Portalning ma'lum qilishicha, Mercedes-Benz mutaxassislari elektromobilni bir quvvat olishda 400-500 km. masofada yura oladigan darajada kuchaytirishga harakat qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: