Bortida 9 kishi, jumladan 3 nafar rossiyalik dengizchi bo‘lgan "Panomaris" deb nomlangan grek kemasi Liviya sohillari yaqinida qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Sevastopolda inson huquqlari bo‘yicha vakil Pavel Butsayga iqtibos keltirgan holda "Zvezda" telekanali.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, kema ekipaji tarkibida shuningdek 5 nafar ukrainalik va bir nafar grek pasportiga ega dengizchi bor.
Avvalroq ham qaroqchilar tomonidan rossiyalik dengizchilar bo‘lgan kemalar qo‘lga olingani holatlari yuz bergan. 2016 yil fevralda Nigeriyada bir guruh jangarilar MT Leon Dias tankeriga hujum qilib, ikki rossiyalikni garovga olgan. Yana 3 haftadan keyin nigeriyalik qaroqchilar MV Bourbon fransuz kompaniyasiga tegishli kema ekipajining 2 a'zosini qo‘lga olgan, ulardan biri rossiyalik bo‘lib chiqqan. Ikkala holatda ham garovga olingan dengizchilarni ozod qilishga muvaffaq bo‘lingan.