Kanadaning Alberta viloyatidagi o‘rmon yong‘inlaridan ko‘rilgan zarar 2,7 mlrd dollardan oshib ketdi

Fan-texnika 00:40 / 08.07.2016 3841

Kanadaning Alberta viloyati shimoli-sharqidagi o‘rmon yong‘inlaridan ko‘rilgan zarar 2,7 mlrd dollardan oshib ketdi, bu Kanada tarixida sug‘urtachilar uchun eng chiqimli tabiiy fojia bo‘ldi. Bu haqda SBC telekanali ma'lum qildi.

Kanada sug‘urtachilar byurosi ma'lumotlariga ko‘ra, sug‘urta kompaniyalari fojiadan eng ko‘p talofat ko‘rgan Fort-Makmyurrey shahri aholisiga milliardlab dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. Shaharning butun aholisi – 80 mingdan ko‘proq odam may oyi boshida shaharni tark etishga majbur bo‘lgan. Shahardagi yong‘inlar tufayli 2 ming 432 bino yo‘q qilingan, 5 mingdan ko‘proq turar joy binosi va boshqa inshootlarga jiddiy shikast yegan. O‘t o‘chiruvchilar 25 ming uyni yong‘indan saqlab qolishgan, bu shahardagi imoratlarning 90 foizga yaqinini tashkil qiladi. 

Sug‘urtachilar hammasi bo‘lib turar joy va boshqa ko‘chmas mulkka ziyon yetishi bo‘yicha 27 ming da'voni (har bir da'vo 62 ming dollar), tijoriy mulkka ziyon yetishi bo‘yicha 5 ming da'vo va avtomobillar sug‘urtasini qoplash uchun 12 ming da'voni qondirishlari kerak bo‘ladi. Fort-Makmyurrey aholisi shaharga iyun o‘rtalaridangina qayta boshlagan.

Avvalroq Kanada tarixida eng katta ziyon keltirgan tabiiy ofat Kvebek viloyatida 1998 yilda qor yog‘ishi (1,46 mlrd dollar) va 2011 yilda Albertdagi o‘rmon yong‘inlari (577 ming dollar) bo‘lgan edi.

Albertadagi o‘rmonlar 1 maydan beri yonmoqda. Ularning maydoni 600 ming gektarga baholanmoqda. 6 iyulda o‘t o‘chiruvchilar barcha yong‘in o‘choqlarini nazoratga olishga muvaffaq bo‘lganlarini ma'lum qilishgandi. Fojiani bartaraf etishga 2,3 ming o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: