Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Bag‘dodning portlashlardan aziyat chekkan Al-Qarrada tumaniga tashrif buyurdi va portlashlarni amalga oshirgan IShID terrorchilarini "yer bilan bitta qilishga" va'da berdi.
Iroq sog‘liqni saqlash vazirligining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, Al-Qarradadagi terakt oqibatida 292 kishi halok bo‘lgan. Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
"Biz DAIShni (IShIDning arabcha nomi) taqib qilamiz va ular kalamushlardek qochgan Al-Fallujadagi kabi yer bilan bitta qilamiz", deb bosh vazirning aytgan so‘zlarini keltirib o‘tdi Iroqning "As-Sumariya" telekanali.
Obodiy bu jinoyatni amalga oshirganlar javobgarlikdan qochmasligiga va'da berdi va IShID ustidan g‘alaba onlariga yaqin qolganiga ishonch bildirdi.