Instagram izohlarni moderatsiya qiluvchi yangi funksiyani ishga tushiradi

Fan-texnika 00:38 / 08.07.2016 3683

Instagram dasturchilari biznes-akkauntlar uchun yangi funksiyani joriy qilishdi. Endilikda bunday sahifa egalari izohlarni moderatsiya qilishi mumkin. Bu haqda TechCrunch xabar bergan.

Bu imkoniyat ko‘p sonli o‘quvchilarga ega akkauntlar uchun yaratilgan bo‘lib, shu bilan birga nazorat qilish qiyin bo‘lgan ulkan oqimdagi izohlarga mo‘ljallangan. Mazkur funksiya quyidagicha ishlaydi: foydalanuvchi o‘z postiga yozilishini istamagan so‘z yoki jumlani kiritadi, belgilangan matnli izohlar esa avtomatik tarzda tekshiruvdan o‘tadi va o‘chib ketadi. Bu  foydalanuvchilar va a'zolarni spam, reklama va nomaqbul izohlardan himoya qiladi. 

Biznes-akkauntlardan yaqin kunlarda butun dunyo bo‘ylab Instagram tarmog‘i foydalanuvchilari foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi.

Ko‘proq yangiliklar: