Suratkash Chan Xu mashhur Windows XP standart fonsuratlaridagi manzaraning guvohi bo‘ldi va uni suratga tushirdi. Channing surati tasodifan tushirilgan: u suratni Microsoft operatsion tizimi orqali tanilgan joyda olmagan.
Chan Xu boshqa ikki nafar fotomuxbir bilan Stepto Byuti – Vashington shtati Uitmen okrugidagi kvarsit tepalikda bo‘lishgan Uning so‘zlariga ko‘ra, suratkashlar endigina tongni tasvirga tushirib qaytgach, boshqa qiziqarli rakurslarni izlab uchalasi uch yoqqa yo‘nalishdi.
Chan xaritada tashlandiq uyni topdi, ko‘zlangan joyga yetib kelganida esa uyning suratbop emasligini ko‘rdi. U ijaraga olingan minivenda yumshoq tuproq ustida harakatlanishda davom etdi va yo‘lda tepaliklarni suratga olish uchun to‘xtadi.
“So‘ngra men mana shunday manzaraning guvohi bo‘ldim. Avval uni suratlarga muhrlab, keyin mashinaga qarashga qaror qildim”, - deydi Chan Xu.
Tepaliklar yuqoridan ana shunday ko‘rinadi
“Xotirjamlik” tasvirining asl nusxasi 1996 yilning yanvarida Kaliforniyadagi Napa okrugi vodiysida suratkash Charlz O’Riyer tomonidan yaratilgan. Umuman olganda, Napa vodiysi o‘zining uzumzorlari bilan mashhur, ammo u payt zararkunanda hasharotlarning ko‘payib ketishi tufayli ular yo‘q qilingandi, qiyaliklar esa qalin yashil maysalar bilan qoplangan bo‘lgan.
Ko‘p yillardan so‘ng boshqa suratkashlar uni takrorlashga harakat qilishgan, biroq Napa vodiysida uzumzorlar qayta tiklangani bois buning iloji bo‘lmagan. Ularni Google Street View panaromalarida va rassomlar Saymon Goldin hamda Jyeykob Sennebining «Microsoft’dan keyin» kadrida ko‘zdan kechirish mumkin.