Formula-1 bo‘yicha «Ferrari» jamoasi Kimi Raykkonen bilan shartnomasini 2017 yilgacha uzaytirganini ma'lum qildi. Finlyandiyalik o‘z sherigi, germaniyalik Sebastyan Fettel bilan birga qoladi. Shu bilan poygachi haqida yurgan turli gap-so‘zlar ham nihoyasiga yetdi.
«Ferrari» Kimi Raykkonen bilan texnik hamkorlik va poyga shartnomasini uzaytirganini rasman e'lon qildi. 2017 yildagi poygalar mavsumida poygachilar tarkibi finlyandiyalik poygachi va Sebastyan Fettel ishtirokida davom ettiriladi», — dedi «Ferrari» jamoasi bergan rasmiy ma'lumotda.