Erdo‘g‘an: Turkiya NATOning xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha jiddiy harakatlar amalga oshirishini kutadi

Jahon 14:26 / 08.07.2016 4471

Rasmiy Anqara NATOdan Turkiya milliy xavfsizligini ta'minlash uchun tahdidlarga qarshi faolroq kurash boshlashini kutmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an NATO sammiti arafasida ma'lum qilgan.

Shimoliy Atlantika alyansi sammiti Varshava shahrida 8-9 iyul kunlari davomida o‘tkaziladi.

"Xavfsizlikka tahdid tufayli jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Alyans yangi tahdidlar qarshisida o‘z harakatlarini faollashtirishi, tuzilma yangilanishi kerak. NATO Turkiya milliy xavfsizligi uchun jiddiy harakatlarni amalga oshirishini kutamiz", degan Erdo‘g‘an Varshavaga uchib ketish oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida.

Turkiya rahbari mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotgan kuchlar sirasiga IShID, "Al-Qoida", Suriya kurdlari demokratik ittifoqi, Suriya kurdlari xalq qo‘shini va Kurdiston ishchilar partiyasini kiritgan.

Ko‘proq yangiliklar: