AQShning Tennessi shtati sharqida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana 4 kishi, jumladan politsiya xodimi yaralandi.
Ma'lum qilinishicha, jinoyatchi kamida ikkita o‘qotar qurol bilan qurollangan bo‘lgan. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari voqea joyiga yetib kelishganda, jinoyatchi bilan ular o‘rtasida otishma yuz bergan va uning oqibatida jinoyatchi yaralangan.
Otishmada 44 yoshli gazeta tarqatuvchi Jyennifer Runi halok bo‘lgan. Buni Bristol Herald Courier gazetasi egasi ham tasdiqlagan. Jarohatlanganlar va jinoyatchi yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilganlar.
Foto:© AP