Jiddada portlash sodir etgan xudkush terrorchining shaxsi aniqlandi

Jahon 11:41 / 07.07.2016 30009

Saudiya Arabistonida AQShning Jiddadgi konsulligi yonida portlash sodir etgan xudkush terrorchining shaxsi aniqlandi. Bu 12 yil avval qirollikka ko‘chib kelib, haydovchi bo‘lib ishlagan Pokiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. Bu haqida Arab news xabar berdi. 

IIVning bergan ma'lumotiga ko‘ra, bu 34 yoshli Abdulla Gulzor Xon bo‘lib, u Jiddada xotini va uning ota-onasi bilan yashagan. 

Xavfsizlik xizmati xodimlarida shubha uyg‘otganini sezgan  xudkush-terrorchi bombani avtoturargohda portlatgan. 

Al-Qatifdagi portlashda hech kimga zarar yetmagan. Vazirlik xabariga ko‘ra, portlash sodir etilgan joydagi uch tana qoldiqlarining shaxsi aniqlanmoqda. Ularning uchalasi ham terrorchi bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 

Vazirlikning matbuot kotibi general Mansur al-Turkiyning ma'lum qilishicha, xavfsizlik xizmati xodimlarining ogohligi tufayli vaziyatni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lindi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik xizmati xodimlarining tajriba va tayyorgarligi ko‘plab kishilarning hayotini saqlab qolishga sabab bo‘ldi.

Shuningdek Al-Turkiy terrorchi xavfsizlik xizmati xodimlariga zarar yetkazish maqsadida o‘zini portlatganini ma'lum qildi. 

“U o‘zini portlatib yuborganidan so‘ng xavfsizlik xizmati xodimlari kamarning to‘liq portlashga qodir emasligini sezishgan va uni hech kimga ziyon yetkazmay zararsizlantirishgan”, - dedi Al-Turkiy.

Foto: SPA
 

Ko‘proq yangiliklar: