Germaniya terma jamoasi hujumchisi Tomas Myuller Yevropa chempionati yarim finalida turnir mezbonlari Fransiyaga qarshi o‘yin arafasida fikr bildirdi.
Uning hisoblashicha, Euro-2016 finalida Fransiya bosim ostida qoladi. U o‘yin teng kurashlar ostida kechishiga ishonch bildirgan.
"Fransiya – turnir mezboni, bu jamoa bosim ostida qoladi. Frantsuzlar dunyoning kuchli jamoasiga qarshi maydonga tushayotganini bilishadi. Fransiya va Germaniya avvalboshdanoq turnir g‘olibligi uchun asosiy da'vogarlar edi. Endi biz yarim finalda uchrashamiz. Bu o‘yin barcha uchun qiziq bo‘ladi. Biz bor kuchimiz bilan o‘ynaymiz, lekin bu safar 7:1 hisobida g‘alaba qozona olmasak kerak", – deya Myullerning so‘zlarini keltiradi A Bola.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi 2014 yilgi Jahon chempionati yarim finalida turnir mezbonlari bo‘lgan Braziliya terma jamoasiga qarshi o‘ynagan va 7:1 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqqandi. Finalda esa Argentina mag‘lubiyatga uchratilgan.
Manba: Tribuna.uz