Messining otasi Abramovich bilan uchrashdi

Sport 12:49 / 07.07.2016 14887

Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanayotgan «Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Chelsi»ga o‘tishi mumkin.

Argentinalik futbolchi bilan birga moliyaviy firibgarliklar uchun 21 oylik qamoq jazosini o‘tashga hukm qilingan ota Xorxe Messi londonliklar jamoasi rahbari Roman Abramovich bilan uchrashgan. «Chelsi 29 yoshli ushbu futbolchi hukumat qaroridan keyin kataloniyaliklar jamoasini tark etadigan bo‘lsa, uning uchun asosiy da'vogar bo‘ladi.

Uchrashuv Abramovichning shaxsiy yaxtasida bo‘lib o‘tgan, unda futbolchining kelajagi haqida suhbat borgani taxmin qilinmoqda.

Messining otasi futbolchining «Barselona»dan ketishi va klub unga soliq to‘lamaslik borasidagi ishlar sababli yangi shartnoma taklif qilmagani haqida «Chelsi» xo‘jayinini xabardor qilgani aytilmoqda.

Bundan oldinroq, futbolchi sud qaroriga apellyatsiya berishi ma'lum bo‘lgandi.

Avvalroq 2007–2009 yillarda 4,1 million yevro miqdoridagi soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun Lionel va uning otasi Xorxe 21 oylik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Bu ish ular bilan birinchi marta sodir bo‘lgani (ular retsidivist hisoblanmaydi) va jazoni o‘tash muddati ikki yildan kam bo‘lgani uchun Messi ham, uning otasi ham jazoni o‘tamaydi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: