Iroq harbiylari IShIDdan Al Falluj tumanini tortib olishdi

Jahon 00:32 / 07.07.2016 7786

Iroq harbiylari IShID jangarilar to‘dasidan Al Falluj tumanini qaytib oldi. Bu haqda general-leytenant Abdulvahob al-Saidi Iroq televideniyesiga ma'lum qilgan.

«Iroq xalqiga yaxshi xabarimiz bor. Antiterror operatsiyalari natijasida Al Falluj uchun jang tugadi. Biz uni o‘z nazoratimizga oldik»,- deydi Saidi.

Generalning ta'kidlashicha, harbiylar kamida 1800 nafar jangarini yo‘q qilishgan. Al Farruj ikki yil davomida IShIDning tasarrufida bo‘lib kelgan va 30 may kuni Iroq harbiylari terrorchilarga nisbatan aynan Al Farrujda jang ochgan edilar.

Ko‘proq yangiliklar: