Facebook chekka hududlar aholisini internet bilan ta'minlaydi

Fan-texnika 11:58 / 07.07.2016 4042

Amerikaning Facebook kompaniyasi chekka hududlar aholisiga internetdan foydalanish imkonini beruvchi OpenCellular simsiz kirish nuqtasini namoyish etdi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilindi

 “4 milliarddan ortiq kishilarda internetga kirish uchun bazaviy imkon yo‘q va eng jiddiy muammolardan biri simsiz tarmoqni chekka hududlarga qanday yetkazishdan iborat”, - deya ta'kidladi Facebook rahbari Mark Tsukerberg. 

U OpenCellular’ga o‘z xohishiga ko‘ra qo‘shimcha ishlov berishni istovchilarga kompaniya rasman ruxsat berishini ta'kidladi. 

Qurilma murakkab iqlim sharoitlariga bardoshli qilib yaratilgan. Energiya manbai sifatida akkumulyatorlar, quyosh batareyalari va elektr tarmoqlari qo‘llaniladi. Birgina OpenCellular qurilmasi 1,5 ming kishini internet bilan ta'minlashi mumkin. 
 
Facebook’da yangi qurilmaning taxminiy bahosiga oid ma'lumot yo‘q. OpenCellular shu yilning yozidan amaliyotda qo‘llana boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: