Xorazm viloyatida «25» aksiyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 01:15 / 06.07.2016 12718

Xorazm viloyatining Ma'naviyat targ‘ibot markazi binosida  “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati viloyat Kengashi tomonidan qator vazirlik va idoralar ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yilligini munosib kutib olish maqsadida o‘tkazilayotgan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim” shiori ostidagi “25” aksiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Aktsiya aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib etuvchi ijodiy ishlar tanlovlarini tashkil etish asosida o‘tkazilmokda.

Ushbu  aksiya doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xorazm viloyatining barcha tuman (shahar)laridan Harakatning faol a'zolari va uyushmagan yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

Anjumanda Xarakatning viloyat Kengashi raisi Bekzod Abduraimov, “Kamolot” YIH Markaziy Kengash bo‘lim mudiri Mansurbek Masharipov, Markaziy Kengash mutaxassisi Xusanboy Ubaydullayev so‘zga chiqib, aksiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritdi. Anjumanga yig‘ilgan yoshlar “25” aksiyasi doirasida tashkil etilgan loyihalar, shuningdek, ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar bir vaqtning o‘zida saytiga hamda loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirib borilishi to‘g‘risida atroflicha tushunchaga ega bo‘ldilar. 

Anjuman savol-javoblarga boy qizg‘in tarzda yakunlandi. Voha yoshlari «25» aksiyasiga tayyorgarlikni matbuot anjumanidan boshlab yuborishdi. Eslatib o‘tamiz, mustaqillikning 25 yilligiga bag‘ishlangan aksiya 25 avgustgacha davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: