VVC Britaniyani oshkor qilishni boshladi

Jahon 18:41 / 06.07.2016 15167

VVC (British Broadcasting Company) Britaniyani oshkor qilishni boshladi. O‘tgan yilning beshinchi sentabr kuni VVC Britaniyaning Iroqdagi janglarda noqonuniy tarzda ishtirok etgani haqidagi materiallarni 6 iyul kuni e'lon qilishini aytgan edi.

Jon Chilkot boshchiligidagi ekspertlar guruhi tekshiruvlarni yakunladi. Chilkotning fikricha, o‘sha vaqtdagi bosh vazir Toni Bler yaxshi ishlab chiqilmagan reja bo‘yicha ish ko‘rgan.

«Biz shunday xulosaga keldikki, Britaniya Iroqdagi urushga qo‘shilgan vaqtda hali masalani tinch yo‘l bilan hal qilish mumkin edi. U vaqtda harbiy yurish oxirgi chora bo‘lmagan»,- deyiladi ekspertlar xulosasida.

VVC bu boradagi turkum materiallarni chop etishni davom ettirmoqda. Ma'um bo‘lishicha, Toni Bler shu masala yuzasidan sud qilinishi ham mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: