Venesuela va Kolumbiya chegarasidagi ko‘prik orqali Kolumbiyaning Kukuta shahrida birinchi ehtiyojdagi oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish maqsadida 500 ayol chegaradan yopirilib o‘tdi, deb yozmoqda The Guardian nashri.
Ma'lum qilinishicha, ayollar Venesuelaning Urenya shahridan mamlakatdagi katta miqyosdagi iqtisodiy inqiroz sababli yuzaga kelgan oziq-ovqat taqchilligi tufayli chegarani buzib o‘tishgan.
"Urenya ayollari bizda yegulik yo‘qligi, farzandlarimiz och qolayotgani sababli xalqaro chegaradagi ko‘prikni kesib o‘tishga qaror qilishgan", deb aytdi ayollardan biri.
Ta'kidlanishicha, ayollar Kukutada hojatxona qog‘ozi, un, yog‘ va o‘z uylarida qiyinchilik bilan topa oladigan boshqa mahsulotlar xarid qilishgan.