O‘zbekiston terma jamoasi bugun JCh-2018 saralashi 3-bosqichiga munosib tayyorgarlik olib borish maqsadida Avstriya davlatida navbatdagi yig‘in o‘tkazish uchun cafarga otlandi. Vakillarimiz Avstriyada bu gal quyidagi tarkibda jo‘nab ketishdi:
Darvozabonlar: I.Nesterov (Lokomotiv), E.Suyunov (Nasaf).
Himoyachilar: A.Komilov, A.Shorahmedov (Bunyodkor), I.To‘xtaxo‘jayev (Lokomotiv), R.Melziddinov (Buxoro), K.Tojiyev, A.Ahmedov, D.Hoshimov (Paxtakor).
Yarim himoyachilar: J.Sohibov, J.Boltaboyev (Paxtakor), O.Shukurov (Bunyodkor), S.Quttibayev (Buxoro), S.Andreyev, Sh.Karimov, J.Iskandarov (Paxtakor), J.Hasanov (Lokomotiv).
Hujumchilar: D.Hamdamov, O.Shomurodov (Bunyodkor), M.Bikmayev (Lokomotiv), M. Bobojonov (Neftchi).
Aslida mazkur safarga “temiryo‘lchilar” Server Jyeparov (jarohati bor) va Sardor Mirzayev (pasportiga bog‘liq muammo) ham borishi rejalashtirilgan edi. Afsuski ma'lum sabalarga ko‘ra ular tarkibga kiritilmadilar.
Samvel Babayan shogirdlari Avstriya yig‘iinida 22 iyulgacha davom ettirishib, u yerda 14 iyul kuni Bundesliga vakili “Borussiya“ D, 17 iyulda esa Rossiya premer ligasi a'zsoi “Ufa” va 22 iyul kuni yana bir nemis klubi “Karlsrue” ga qarshi sinov nazorat bahslarini o‘tkazishadi.
Eslatib o‘tamiz, 24 iyul kuni Toshkentda Iroq milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bosh jamoamiz JCh-2018 saralashi doirasidagi keyingi o‘yinni esa 1 sentabr kuni Toshkentda Suriyaga qarshi o‘tkazadi.
Manba: Tribuna.uz