Anqara rasmiy Bishkekka Istanbuldagi xalqaro aeroportda terakt sodir etganlikda gumonlangan Qirg‘iziston fuqarosining shaxsini hozircha ma'lum qilmadi. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Turkiya tomoni aeroportdagi teraktda bizning mamlakat vakili ham qatnashganligini bildirdi biroq uning shaxsi haqida hech narsa ma'lum qilmadi", - dedi matbuot xizmati. Matbuot xizmatining boshqa bir vakili xabar berishicha, gumonlanuvchining ism-familiyasi, pasport seriya va raqami haqida ma'lumotlar berilsa, “vaziyatga oydinlik kiritilishini osonlashtirgan bo‘lar edi”.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbul aeroportida bo‘lgan portlashda turli davlat, jumladan, Qirg‘iziston fuqarosi ham borligini ma'lum qilgan edi.