Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud davlat ekstremistlarga "temir musht" tushiradi, deb aytdi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.
"Qirollik yoshlarimizning ongini nishonga olganlarga temir musht tushirish bilan qat'iy to‘lib-toshgan", deb aytdi qirol Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan millatga murojaatida.
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan teraktlarni qoraladi, AQSh Davlat departamenti rahbari Jon Kerri saudiyalik hamkasbi bilan uchrashdi.
2 iyuldan 3 iyulga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonining turli joylarida uchta portlash sodir bo‘ldi: Madinadagi Masjidi Nabaviya yonida, Al-Qatif shahridagi masjid yonida va Jiddada AQSh konsulligi yonida. Teraktlar oqibatida xavfsizlik kuchlarining 4 nafar xodimi halok bo‘lgan.