Uy ovqatlarini iste'mol qiluvchi insonlarda fastfud va yarimfabrikat mahsulotlarini yeydiganlarga nisbatan qandli diabet kasalligining ikkinchi toifasiga chalinish xavfi kamroq bo‘ladi. Harvard maktabining jamoat sog‘liqni saqlash olimlari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari PLOS Medicine jurnalida chop etildi.
Tadqiqot ko‘ngillilarning oziqlanish odati bo‘yicha ma'lumotlarga asoslandi. Ma'lum bo‘lishicha, 5–7 hafta davomida uyda taom iste'mol qilgan tadqiqot ishtirokchilarida uy ovqatlarini kam tanovul qiluvchilarga nisbatan diabetning ikkinchi turiga chalinish 15 foizga kamaygan. Buni quyidagicha tushunish mumkin: uydan tashqarida ovqatlanishga moyil insonlar yuqori energetik qiymatli mahsulotlar va kam miqdordagi ozuqa moddalarini iste'mol qilishadi. Bu esa diabetning ikkinchi turi paydo bo‘lish xavfini oshirib, ortiqcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Diabet kasalligini oldini olishning an'anaviy strategiyasi oziqlanish odatlarini o‘gartirish va jismoniy faoliyatni kuchaytirishni talab qiladi. Olimlar fikricha, ular amalga oshirgan tadqiqot va xulosa diabet profilaktikasida foydali bo‘ladi.