Olimlar 2026 yilga kelib ocharchilik darajasi keskin pasayishini bashorat qilishmoqda

Jamiyat 22:26 / 06.07.2016 8361

Yaqin o‘n yillikda rivojlanayotgan davlatlarda ocharchilik darajasi keskin pasayadi, deb aytilmoqda AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘tkazgan tadqiqotda. Bu haqda RNS saytida ma'lum qilindi

Vazirlikning baholashicha, oziq-ovqat narxlarining pasayishi, aholi daromadining o‘sishi past va o‘rta daromad darajasiga ega 76 ta davlatda oziq-ovqat xavfsizligi darajasini oshiradi. Bugungi kunda rivojlanayotgan davlatlarning 17 foiz aholisi oziq-ovqat ta'minotiga ega emas. 2026 yilda bu raqam 6 foizgacha kamayadi. Shu tariqa ocharchilikni boshidan kechirayotgan odamlarning soni 2016 yildagi 609 mln kishidan 2026 yilda 251 mln kishigacha kamayadi.

Vazirlikning ta'kidlashicha, prognozlar joriy iqtisodiy sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, daromad darajasi va yaqin kelajakda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan boshqa ko‘rsatkichlarga asoslangan. Mutaxassislar ocharchilik darajasini kamaytiruvchi muhim omillardan biri sifatida rivojlanayotgan davlatlarda oziq-ovqat ratsionining asosiy qismini tashkil qiluvchi boshoqli o‘simliklarga narxlarning pasayishini keltirishdi. 

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, makkajo‘xoriga narxning pasayishi yiliga inflyatsiyani hisobga olgan holda 1,6 foizni tashkil qiladi. Guruch va bug‘doy narxlarining pasayish sur'atlari esa yiliga mos ravishda 1,3 va 0,3 foizni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: