AQSh prezidenti Barak Obama Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ilk bor saylovoldi mitingida ishtirok etdi.
"Men nega bugun bu yerdaman, chunki Hillari Klintonga ishonaman. O‘ylaymanki, sizlar Qo‘shma Shtatlarning keyingi prezidentini tanlab bo‘lgansiz", - dedi u Shimoliy Karolina shtatining Sharlott shahrida Klinton tarafdorlari oldida chiqish qilar ekan.
Obama va Klinton 2008 yilgi saylovlarda o‘zaro raqib bo‘lishgan edi. Shu bois Obama Hillari Klinton bilan saylovoldi munozaralar olib borish tajribasini o‘rtoqlashdi. "U mamlakatda nimalar sodir bo‘layotganining har bir hodisasigacha, har bir detaligacha yaxshi biladi", - deb ta'kidladi Obama. Prezidentning ta'kidlashicha, Klinton "ajoyib davlat kotibi bo‘lgan". "Hillari Klintonga bo‘lgan ishonchim doim o‘zini oqlagan", - dedi Obama.