Liviyaning sobiq rahbari Muammar Kaddafining o‘g‘li Sayf al‑Islom Kaddafi o‘lim jazosidan qutulib qoldi. Bu haqda France 24 telekanaliga asoslanib RIA Novosti xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, 2011 yilda otasining hukumatiga nuqta qo‘yish bilan yakunlangan qo‘zg‘olon tashkilotchiligida ayblangan va o‘lim jazosiga hukum qilingan Kaddafi advokatlari yordamida barcha liviyaliklarga tegishli bo‘lgan amnistiyadan foydalangan. Bundan tashqari ular Gaagadagi Xalqaro sudga ham murojaat qilishgan.