Rimning «Latsio» klubi jamoani yangi mavsumdan argentinalik murabbiy Marselo Belsa boshqarishini rasman ma'lum qildi.
Manbada aytilishicha, Belsa shanba kuni o‘zining murabbiylar shtabi bilan Rimga yetib keladi. Ta'kidlash joiz, murabbiyning oxirgi ish joyi Fransiyaning «Marsel» klubi bo‘lgan.
Belsa 2008 yilda Argentina terma jamoasi bilan Pekindagi Olimpiada o‘yinlarida chempion bo‘lgan. Undan tashqari Bilbaoning «Atletik» klubi bilan Yevropa ligasining finaligacha yetib borgan.