Messi va uning otasi 21 oy qamoqqa hukm qilindi

Sport 17:42 / 06.07.2016 20909

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi hamda uning otasi Xorxe Messi 21 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, Messi o‘zining imidj huquqini sotishda 4 million yevro miqdorda soliqlarni to‘lamagan. Shu sabab futbolchi va uning otasi 21 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, lekin jazo muddati ikki yildan kam bo‘lgani va ular xavfli jinoyatchi bo‘lmagani uchun qamoq jazosidan jarima to‘lash bilan qutulib qolishlari ham mumkin.

Avvalroq Messi soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaganini tan olgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: