Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustaqil nemis tashkiloti Foodwatch qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Kinder kompaniyasi mahsulotlarida inson sog‘lig‘i uchun zararli moddalar aniqlangandan keyin ularni do‘konlar peshtaxtalaridan olib tashlash lozimligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, Kinder mahsulotlarida mineral xushbo‘y moylar bo‘lib, ular neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladi. Tashkilotning fikricha, bu moylar saraton chaqiradi va mutogen hisoblanadi.
"Shunga qaramay ishlab chiqaruvchi mahsulotlarini savdodan olishdan bosh tortmoqda. Kompaniya peshtaxtalardan xavfli shirinliklarni olib, iste'molchilarni ogohlantirish o‘rniga, barchasi qonuniy ekanligini aytib o‘zini oqlamoqda", deb aytdi Foodwatch vakili Yoxannes Xeg.
Ta'kidlanishicha, tashkilot kompaniyaning 20 ta mahsulotini sinovdan o‘tkazgan. Ulardan uchtasida mineral xushbo‘y moylar xavfli miqdorda ekanligi aniqlangan.