Qarag‘andada besh nafar o‘zbekistonlik ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat 22:46 / 06.07.2016 14974

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida yuz bergan yirik yo‘l transporti hodisasi natijasida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi va bir nafari olgan jarohatlari sabab voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda “Novosti-Kazaxstan” axborot agentligi xabar bermoqda.

YTH 5 iyul kuni soat 21:00 da Buxar jirov va Kosmanavtlar ko‘chalari chorrahasida yuz bergan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yuqori tezlikdagi «Mersedes» o‘zbekistonliklar o‘tirgan «Audi» mashinasiga borib urilgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam «Audi» yo‘lovchilaridan birining halok bo‘lganini qayd etdi, qolgan to‘rt nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Viloyat tibbiyot markaziga yetkazilgan jarohat olganlarning ikki nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, qolgan ikki nafar o‘zbekistonlikning ahvoli yaxshiligi ma'lum qilingan.

Guvohlarning xabar berishicha, davlat raqamiga ega «Mersedes» haydovchisi avtomobilni tashlab, voqea joyidan yashiringan. Mashinada undan boshqa yo‘lovchi bo‘lmagan.

Politsiya surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Ko‘proq yangiliklar: