Kanadada sobiq ovchi va bokschi ayiq bilan jangga kirishdi

Jamiyat 08:46 / 06.07.2016 8656

Kanadaning Ontario viloyatida ayiqlarga ov qilgan sobiq ovchi va bokschi Rik Nelson urg‘ochi ayiqqa bexosdan to‘qnash kelgandan keyin u bilan jangga kirishishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda CBC.

61 yoshli erkak iti bilan sayr qilib yurganda butalar orasida baribal ayiqchasini sezib qoldi. Ayiqcha erkakdan cho‘chib ketib, chinqirib qolgan.

"Men ayiqcha onasini chaqirayotgan bo‘lsa, mushkul vaziyatga tushib qolganimni bilardim. Ona ayiq jon-jahdi bilan chopib kelardi, men u sindirayotgan shoxlar ovozini eshitardim", deb esladi voqeani Nelson.

Ayiq yugurib kelib, orqa panjalariga turganda sobiq ovchi ham jangovor holatga turib, sving usulida (uzoq masofadan turib yon tomondan musht tushirish) ayiqning tumshug‘iga zarba berishga harakat qildi, biroq uning tishlariga tegdi. Ayiq javob zarbasi bilan erkakning biqini va yuziga tegdi.

Bokschining keyingi mushti yirtqichning tumshug‘iga tegdi, bu orada ayiq bola yana chinqirib, mushtlashuvdan o‘zini chetga ola boshladi.

"Bu haqiqat oni bo‘ldi: ona ayiq nimani tanlaydi? Bolasi ortidan ketadimi yoki men bilan shug‘ullanishda davom etadimi?", deb qo‘shimcha qildi Nelson.

Uning aytishicha, ona ayiq o‘girilib, ortiga bir nazar tashlab hech narsa bo‘lmaganday nari ketgan. Nelsonning ta'kidlashicha, uning omadi kelgan va umuman olganda odamlar ayiqlardan qo‘rqmasalar bo‘ladi.   

"Qora ayiqlar ular oldida bolalari bo‘lmaganda uncha xavfli emas. Ehtimol, ular bizdan biz ulardan qo‘rqqandan ko‘ra ko‘proq qo‘rqsalar kerak", deb xulosa qildi ovchi.

Ko‘proq yangiliklar: