Indoneziyada tirbandlikda 18 kishi halok bo‘ldi

Jahon 20:51 / 06.07.2016 9309

Indoneziyaning Yava oroli shimolida joylashgan Brebes hududi politsiyasi 5 iyulda "dahshatli tirbandlikda" qolib ketish oqibatida 18 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda Asian Correspondent nashri xabar bermoqda.

Pullik yo‘l East Brebes orqali Jakartadan Tegalga yo‘l olgan minglab haydovchilar turli ma'lumotlarga ko‘ra yo‘ldagi tirbandlikda 20 soatdan 35 soatgacha qolib ketishgan. Ulardan ko‘pchiligi musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi yakunlanib, Iyd Al-Fitr bayramini nishonlash uchun uylariga ketayotgan bo‘lganlar.

Hudud bosh shifokorining aytishicha, 12 kishi issiq havo va holdan toyish sababli surunkali kasalliklar qo‘zg‘ashi, 5 kishi esa avariya oqibatida halok bo‘lgan, yana bir odamning o‘limi sababi o‘rnatilmagan.

Transport oqimining zichligi tufayli shifokorlar hattoki mototsikllarda ham yordamga muhtojlar yoniga yetib bora olishmagan.

Nashrning ta'kidlashicha, tirbandlik yo‘l infratuzilmasi sababli yuzaga kelgan: yo‘ldan o‘tish uchun pul to‘lash punktlari oldida uzun navbatlar yuzaga kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: