Emma Uotson bosh rolda o‘ynagan «Dignidad koloniyasi» filmi Britaniya kinoprakatida bir haftada 47 million funt ishladi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda. Filmda Daniel Bryul va Mikael Nyukvist ham ishtirok etgan.
Film voqealari Chilida 1973 yilgi harbiy to‘ntarishdan keyin, hukumat tepasiga Augusto Pinochet kelgan vaqtda sodir bo‘ladi. Bu Emma Uotson uchun «Garri Potter» filmidagi bosh roldan keyin ilk asosiy obraz bo‘ldi.