Afrikaning Gambiya davlatida 27 mansabdor shaxs xizmat mashinalari va boshqa buyumlarni firibgarlik yo‘li bilan olganlikda gumon qilinib, o‘z lavozimidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda mahalliy televideniyega iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Mamlakat hukumatidagi manbaning aytishicha, mansabdorlarning faoliyatini milliy razvedka agentligi tergov qiladi.
O‘tgan yil dekabrda Gambiya prezidenti Yayya Jamme mamlakatni musulmon davlat deb rasman tan olgani ma'lum qilingandi. Joriy yil oxirida mamlakatda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi va unda Jamme 5-muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi.