Fransiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Fabiyen Bartez Angliya terma jamoasi darvozaboni Jo Xartning kamchiliklari haqida fikr bildirdi.
«Xartning texnikasi yaxshi emas. U egiluvchan bo‘lmagani uchun ko‘p xato qiladi. Darvoza oldidagi to‘plarga chiqayotganda qo‘llarini kam ishlatadi.
Noyyer, Kurtua va Lorislar Xartdan ikki bosh baland turishadi. Umuman, Angliyada darvozabonlar maktabini, federatsiyadagilarni tushunmayman. Darvozabonlar tayyorlash falsafasini jiddiy isloh qilish kerak»,- deydi Bartez.
Bartez o‘z vaqtida Angliyaning «Manchester Yunayted» klubida harakat qilgan.
Manba: Tribuna.Uz