Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an NATOning navbatdagi Polshada bo‘lib o‘tadigan sammitiga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiyaning «Vatan» gazetasi xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, 8-9 iyul kunlari Varshavada bo‘lib o‘tadigan sammitda Erdo‘g‘an Turkuya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu bilan birga tashrif buyuradi. Ma'lum bo‘lishicha, Turkiya rahbari Varshavada NATO bilan ikki tomonlama muzokaralarni olib boradi.
Avvalroq NATO sammiti vaqtida Polsha hukumati Varshavadagi stadion ustidan uchib o‘tishni ta'qiqlagan edi.