Donald Tramp terrorchilarni yo‘q qilgan deya Saddam Husaynni maqtadi

Jamiyat 11:42 / 06.07.2016 13627

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donal Tramp Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husaynni terrorchilarni yo‘q qilganligi uchun maqtadi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

«Saddam Husaynning yomon odam bo‘lganligi aniq. Ammo u bilasizmi nima yaxshilik qilgan? U terrorchilarni o‘ldirgan va buni ajoyib tarzda amalga oshirgan. Ular terrorchilar edi — shu bois ularning kuni bitgandi», — dedi Tramp marosimlardan birida.
Avvalroq Tramp agar hozir Iroq sobiq prezidenti Saddam Husayn va Liviya sobiq rahbari Muammar Qaddofiy tirik bo‘lganida dunyo “100 foiz yaxshi bo‘lar edi”, deb aytgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: