Chilida talabalar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi, 140 nafar kishi hibsga olindi

Jamiyat 10:45 / 06.07.2016 5207

Chilida talabalar va maktab o‘quvchilarini politsiya tomonidan qo‘lga olinishi mamlakat yoshlarining keng qamrovda norozi bo‘lishiga olib keldi. Huquqni muhofaza qilish organlarining xabar berishlaricha, 140 nafar kishi hibsga olingan, shulardan 40 nafari voyaga yetmagan shaxslardir.

Tartibsizliklar mamlakat xalq ta'limi vazirligi binosi oldida boshlangan namoyishlarning politsiya tomonidan to‘xtatishga bo‘lgan urinishdan so‘ng boshlanib ketdi. Bunga javoban yoshlardan iborat guruh a'zolari politsiya xodimlariga qarata turli buyum va toshlar uloqtirishni boshlagan. Politsiya ham, o‘z navbatida, ularga qarshi suv va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlardan foydalanishgan.

Namoyishchilarning mamlakat xalq ta'limida keng qamrovli islohotlar o‘tkazishni va xalq ta'limi vaziri Adrian Delpianoni iste'foga chiqarishni talab qilishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: