Chemodan ichiga yashirinib Britaniyaga ketayotgan muhojir Shveytsariyada qo‘lga olindi

Jamiyat 18:08 / 06.07.2016 12552

Shveytsariyada eritreyalik noqonuniy muhojir do‘stining chemodaniga yashirinib, Italiya orqali Britaniyaga ketayotganda qo‘lga tushdi.

Ikki afrikalik do‘stlardan birida hujjat bo‘lgan, ikkinchisida yo‘q. Ular Milanda poyezdga o‘tirishadi va 45 daqiqa o‘tmay chemodandagi yigit og‘riqdan baqirib yuboradi. Buni ko‘rgan odamlar to‘polon ko‘tarishadi.

Italiya politsiyasi Shveytsariya chegarachilariga noqonuniy yo‘lovchi chemodanda yashiringanini ma'lum qiladi. Shundan keyin ular Shveytsariyaning Kyasso shahrida qo‘lga tushishadi.

2007 yilda Germaniya qamoqxonalaridan birida 19 yoshli qiz o‘zidan oldinroq qamoq muddati tugagan va ozodlikka chiqayotgan dugonasining chemodaniga kirib olib, qamoqxonadan qochgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: