Angliyaning Kembrij shahrilik Jyeyms Nyumen yarim tonnalik "superkompyuter" qurish uchun 4 yil va 53 ming dollar sarfladi.
Ixtirochi o‘zining ishlanmasini "Megaprotsessor" deb atadi. Nyumen "superkompyuter"ni yaratish uchun 40 mingta tranzistor va 10 mingta svetodioddan foydalandi, ular umumiy hisobda 500 Vt kuchlanish talab qiladi. Shunga qaramay, "Megaprotsessor" juda kuchsiz ko‘rsatkichlar: 256 bayt tezkor xotira va 20 kGts lik protsessorga ega. Bu "superkompyuter"da o‘ynash mumkin bo‘lgan yagona o‘yin "Tetris" bo‘ldi.
"Megaprotsessor"ning o‘ziga xos asosiy jihati shundaki, uni yaratishda ancha kam joy oluvchi va zamonaviy kompyuterlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan mikrotranzistorlar o‘rniga standart o‘lchamdagi tranzistorlar qo‘llandi. Nyumenning o‘zi uning ixtirosi muzeyga kiritilishi va ta'lim maqsadlarida ishlatilishiga umid qilmoqda.