AQShda "Yil avtomobili" bo‘lish uchun da'vogar mashinalar ro‘yxati e'lon qilindi

Fan-texnika 20:07 / 06.07.2016 11911

"Shimoliy Amerikada yilning eng yaxshi yengil avtomobili va barcha yo‘llarda yura oluvchi avtomobili" (North American Car & Truck of the Year – NACTOY) tanlovi tashkilotchilari 1-o‘rin uchun kurash olib boradigan mashinalar ro‘yxatini e'lon qildilar. Bu ro‘yxatga 43 ta mashina kiritildi, unda General Motors konserni mashinalari ko‘pchilikni tashkil qilmoqda.

Sentyabrgacha da'vogar mashinalar soni har bir kategoriyada 10 tagacha qisqaradi, oktabrda esa finalchilarni tanlash bo‘yicha ovoz berish boshlanadi. G‘oliblar esa 2017 yil yanvarida Detroytdagi motorshouda e'lon qilinadi. Tanlov hakamlar hay'atiga 60 nafar mutaxassis va AQSh avtomobil OAV vakillari kiradi. 

NACTOY 2017 unvoniga da'vogar mashinalar ro‘yxati

Yengil avtomobil  Pikap va krossoverlar
Acura NSX  Audi Q7
Alfa Romeo Giulia  Bentley Bentayga
Audi A4  Buick Envision
Audi R8  Cadillac XT5
Bentley Mulsanne  Chrysler Pacifica
Buick Cascada  GMC Acadia
Buick LaCrosse  Infiniti QX30
Cadillac CT6  Kia Sportage
Chevrolet Cruze  Mercedes-Benz GLS-Class
Chevrolet Bolt  Jaguar F-Pace
Fiat 124  Mazda CX-9
Genesis G90  Nissan Armada
Hyundai Elantra  Ford F-series Super Duty
Infiniti Q60  Ford F-150 Raptor
Jaguar XE   Honda Ridgeline
Kia Cadenza  Nissan Titan
Lincoln Continental  
Mercedes-Benz E-Class Sedan  
Mercedes-Benz S550 Maybach  
Mercedes-Benz SL-Class  
Mercedes-Benz SLC-Class  
MINI Clubman  
Mitsubishi Mirage/G4  
Porsche 718 Boxster i Cayman  
Rolls-Royce Dawn  
Toyota Prius Prime  
Volvo S90  

2016 yilda tanlov g‘oliblari Honda Civic (yengil avtomobil) va Volvo XC90 (pikap va krossoverlar) mashinalari bo‘lgan. Bungacha 1-o‘rin Volkswagen Golf va Ford F-150 mashinalariga nasib qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: