ZTE va ETB GTB shirkatlari Innovation Awards 2016 mukofotiga sazovor bo‘lishdi

Fan-texnika 11:35 / 05.07.2016 4841

Global Telecoms Business tashkiloti Innovation Awards 2016 tanlovini tashkil etdi. Unda  ZTE Corporation va Kolumbiyaning  ETB (Empresa de Telecomunicaciones de Bogotá) operatori   Easyoptical+OTDR loyihasi uchun  Fixed Network Infrastructure Innovation mukofotiga sazovor bo‘ldilar.  

Easyoptical+OTDR dasturi doirasida   FTTH standartidagi tarmoq tashkil etilib,  real vaqt maromida tizimli tarmoq monitoringini amalga oshirish imkoniyatlari ta'minlandi. Ushbu tizim yordamida tarmoqdagi xatoni aniqlash va uni tezda bartaraf etish mumkin bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida nosozliklarni qidirib topishga sarflanadigan vaqtni kamaytirish va pirovardida tarmoqni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatishni  (O&M) tubdan yaxshilashga xizmat qiladi.
Loyiha ilk bor joriy yilda amalga oshirilib,  2016 yilgi mazkur sovringa loyiq deb topildi. 

ETB shirkati  Bogota shahridagi fiksatsiyalangan aloqa sohasidagi yirik operator hisoblanadi va iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish uchun boshqa tarmoqlar qatorida   GPON tarmog‘idan foydalanadi. GPON tarmog‘i ETB kompaniyasiga o‘zining bozordagi ulushi va amaliyotlardan keladigan daromadini oshirish imkonini berdi.  Kompaniya xizmat ko‘rsatish hamda faoliyat yuritish borasida bir qator muammolarga duch kelgandi. Masalan,   PON tarmoqlarini monitoring qilish va avtomatik tashxislash uchun mexanizmlarga ega emasdi, bu esa tarmoq shikastlangan joylarda samaradorlikning pasayishi va mijozlar shikoyatlariga tezda javob bera  olmaslikka  olib  kelardi.  

Bu muammolarni hal qilish uchun ZTE kompaniyasi  Easyoptical+OTDR yechimini taklif qildi. Ushbu texnologiya   GPON tarmoqlarning barcha asbob-uskunalarini real vaqt maromida kuzatish va tekshirish imkonini beradi.  
Easyoptical+OTDR yechimi yuqori samara berib, undan foydalangan  ETB kompaniyasida katta taassurot qoldirdi. Ushbu texnologiya faol interfeys va nosozliklarni bir zumda aniqlash va shikatlangan joyni tezda topish tizimidan tashkil topgan.  

Easyoptical+OTDR yechimi yettita moduldan iborat: nosozliklarni aniqlash, real vaqt maromidagi monitoring, xatar signaliga ishlov berish, tizimlar ishini prognozlash, statistika va tahlil, onlayn baholash va onlayn maqbullashtirish modullari shular jumlasidn.  Ushbu modullar FTTx  tarmoqlaridagi muammolarni tezda aniqlash va bartaraf etish hamda  O&Mni yaxshilash, shuningdek xizmatlar sifatini optimallashtirish imkonini beradi. Natijada mijozlar shikoyatlariga tezkor ravishda javob qaytarilib, foylanuvchilarning talabi qondirilmoqda.  

Global Telecoms Business jurnali tomonidan  2007 yili ta'sis etilgan GTB Innovation Awards mukofoti xizmatlar provayderlari va texnologiyalar yetkazib beruvchi kompaniyalar ishtirokidagi global telekommunikatsiya tarmog‘idagi innovatsion loyihalar uchun topshiriladi.  Kompaniya keyingi bir necha yilda  bir qator GTB Innovation Awards mukofotlariga loyiq deb topildi. 

ZTE — telekommunikatsion asbob-uskunalar va mobil telefonlarining jahonda yetakchi ishlab chiqaruvchisidir.  ZTE kompaniyasi simli va simsiz aloqa, mobil va fiksatsiyalangan terminallar bozorining deyarli har bir sohasini turli-tuman sifatli mahsulotlar bilan ta'minlaydi.  Bugungi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida  ZTEning ko‘plab vakolatxona va tadqiqot markazlari faoliyat yuritmoqda, ularda o‘n minglab insonlar mehnat qilyaptilar.  

O‘zining M-ICT strategiyasi doirasida kompaniya telekommunikatsiya va axborot texnologiya sohalarining yaqinlashuvi davrida  mijozlarga ishning yuqori samarasini ta'minlovchi integratsiyalangan innovatsiyalarni taklif etish ustida tinimsiz ishlamoqda.   

Kompaniya  160 ta mamlakat va mintaqaga asbob-uskunalar va xizmatlarni yetkazib beradi va Osiyo-Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va MDHdagi 500 dan ortiq aloqa operatorlariga xizmat ko‘rsatadi.   

ZTE shirkati iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun  50 dan ortiq  yechimlarni taklif qilyapti. Xitoy kompaniyasi shuningdek iste'molchilar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar  – telefonlardan tortib   smartfon va planshetlargacha ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlarni O‘zbekiston bozorida bemalol sotib olish mumkin.    ZTE smartfonlarining asosiy dasturiy platformasi – OS Android hisoblanadi.

ZTE sho‘ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasida  10 yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Bu davr mobaynida bizning kompaniya O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shib,  ilg‘or kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini, mahalliy aholi uchun ish joylarini taqdim etib, insonlarning kommunikatsiya texnologiyalari haqidagi bilimlarini oshirib kelmoqda.  
 
Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: