Moda olamida mashhur Vogue jurnaliga saudiyalik malika Dina Abdulaziz rahbarlik qiladigan bo‘ldi, deb yozmoqda Financial Times. Nashrning qayd etishicha, Vogue Arabia jurnali chop etilishi xususidagi mish-mishlar bir necha yillardan beri mavjud. Biroq, Condé Nast endigina bu xabarni tasdiqlayapti.
Jurnalning ilk soni sentabr oyida elektron ko‘rinishda paydo bo‘ladi. 2017 yilning bahoridan boshlab nashr ham etila boshlanadi.
«Arab dunyosi 250 mln kishidan iborat bo‘lsa-da, ularning hech qachon Vogue kabi jurnali bo‘lmagan», – degan malika Dina Abdulaziz.
Nashrning muassisi bo‘lgan Condé Nastda qayd etishlaricha, tahririyat hech qachon jurnalni yangi bozorga chiqarishda shoshmaydi, balki u yoki bu mintaqada Vogue jurnalini chop eta oladigan «ijodiy iqtidor» yetishib chiqishini kutadi.
Jurnalning arabcha talqinini nashr etishda shuningdek, Yaqin sharqdagi Nervora mediakompaniyasi ham ishtirok etadi.
Foto: Deena Al-Juhani Abdulaziz