O‘zbekiston va Ruminiya hukumatlari 4 iyulda daromad va sarmoya borasida ikki karra soliq solishdan qochish haqidagi konvensiyaga tuzatmalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani imzolashdi. Bu tuzatmalar korrupsiya haqidagi ishlar bo‘yicha ma'lumotlar almashishni nazarda tutadi, deb ma'lum qildi O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi vakili RIA “Novosti” axborot agentligiga.
Hujjatni DSQ raisi Botir Parpiyev va Ruminiya jamoatchilik moliyasi vazirligi davlat kotibi Gabriel Biris O‘zbekiston delegatsiyasining Ruminiyaga tashrifi doirasida imzolashdi.
"Bayonnoma kelishuvga davlatlar tomonlardan birining talabi bilan soliq haqidagi ma'lumotlar bilan almasha oladigan band kiritadi. Jumladan, tomonlar bank siriga taalluqli bo‘lgan ma'lumotlarni oshkor qilishlari kerak bo‘ladi", deb ma'lum qildi manba.
Manbaning aytishicha, "bayonnoma Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan standartlarga asoslangan hamda korrupsiya va moliyaviy firibgarliklar bilan bog‘liq jinoiy ishlarni olib borish doirasida maxsus so‘rov berish zarurligini ko‘zda tutadi".