Toshkentda o‘zbek-yapon yoshlar innovatsion markazi tashkil etiladi

O‘zbekiston 12:08 / 05.07.2016 6962

O‘zbek-yapon yoshlar innovatsion markazi Toshkent Davlat texnika universiteti qoshida tashkil topadi.

30 iyun kuni O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Fumixiko Kato bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston hududida Toshkent Davlat texnika universiteti qoshida o‘zbek-yapon yoshlar innovatsion markazi loyihasini real hayotga tatbiq etish masalasida batafsil suhbatlashildi.

Markaz harakati birgalikda innovatsion tadqiqotlar olib borish, ilmiy ishlarni o‘rganishga yo‘naltiriladi hamda Yaponiyaning ilmiy ishlari, iqtisoddagi tajribasi, innovatsion yutuqlarni tijoratlashtirish ishlari o‘rganiladi.

Tomonlar istiqboldagi rejalarni hamda Markazni tashkillshatirishda amaliy harakatlarni tezlashtirish masalalarini aniqlashtirib olishdi.

Ko‘proq yangiliklar: