4 iyulda Tanzaniyada ikkita avtobusning ro‘parama-ro‘para urilishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, yana 40 kishi jarohat oldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, avtofalokat Singida viloyatida sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlashtirilmoqda.