Ispaniya arbitraj sudi qaroriga ko‘ra, «Barselona» kataloniyaliklar Kan Rigalt tumanidagi 25 gektar yer savdosini bekor qilishi belgilab qo‘yildi.
Jamoaga 2005 yilda yer sotuvidan tushgan 47 million yevro miqdoridagi mablag‘ni Ispaniya g‘aznasiga topshirish majburiyati yuklangan.
Bu savdo o‘sha vaqtda jamoa prezidenti sifatida ishlagan Joan Laporta va Inmobiliaria Mar rieltor kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilgan.
Agar yer savdosi bekor qilinsa, «Barselone» 35,4 million yevroni qaytarishi kerak bo‘ladi. Turli xil jarimalar hamda foizlarni hisobiga kataloniyaliklar to‘laydigan pul 47 million yevroga yetadi.
«Hozir aybdorlarni qidiradigan vaqt emas, balki bu vaziyatdan minimal darajadagi yo‘qotishlar bilan chiqishdir.
Klubning moliviy menejmenti va huquqshunoslari bu borada turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda», - degan «Barselona»ning rasmiy vakili Xosep Vivas.
Manba: Tribuna.uz