"San-Raffaele" shifoxonasida yuragidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoniga javob berildi. Bu haqda, tibbiyot muassasasi oldida to‘plangan jurnalistlarga siyosatchining o‘zi ma'lum qilgan.
14 iyun kuni siyosatchining yuragida o‘tkazilgan ochiq jarrohlik amaliyotida, uning aorta klapani almashtirilgan edi. Dastlab, Berluskoni bir haftadan ko‘proq shifoxonada qolishi aytilgandi. Biroq, keyinchalik tibbiyot xodimlari, uning shifoxonadagi tiklanish muddatini uzaytirishga qaror qilishgan.
Berluskoni shifoxonadan Milan yaqinida joylashgan Arkoredagi uyiga ketgan.
Sentyabrda 80 yoshni qarshi oladigan Berluskoni aorta klapanidagi nuqson sababli jarrohlik stoliga yotqizilgan edi.
Foto:© AP Photo/Luca Bruno